Rasman: “Inter” fransiyalik forvardning transferini e’lon qildi

Sport

image

Milanning “Inter” klubi “Borussiya Mengxengladbax” futbolchisi Markus Tyuram bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda milanliklar klubi Axborot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, hujumchi erkin agent sifatida “Inter” safiga ko‘chib o‘tgan. Mazkur shartnoma 2028 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan.

“Transfermarkt” portalida 25 yoshli hujumchining transfer narxi 35 million yevdo etib belgilangan.

Ma’lumot uchun, Tyuram Myonxengladbaxning “Borussiya” jamoasi safida jami 134 o‘yinda 44 ta gol urgan va jamoadoshlariga 29 ta golli uzatmani amalga oshirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Inter Borussiya Mengxengladbax Markus Tyuram

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made