Rasman! Gabriel Jezus “Barselona”ga o‘tdi
Sport
−
18:15 529 1 daqiqa
Braziliyalik futbolchi Gabriel Jezus Angliyaning “Arsenal” klubidan Ispaniyaning “Barselona” jamoasiga o‘tdi. Bu haqda kataloniyaliklar matbuot xizmati xabar berdi.
Hujumchi “Barselona” bilan 2029 yil 30 iyunga qadar amal qiladigan shartnoma imzoladi. OAVlarning ma’lumotiga ko‘ra, kelishuv qiymatini 10 million yevro deb baholagan edi. Shuningdek, “Arsenal” Jezusning yangi jamoasidagi natijalariga qarab qo‘shimcha bonuslar olishi mumkin.
Ma’lumot uchun, 29 yoshli Jezus 2022 yil yozidan buyon “Arsenal” sharafini himoya qilib kelayotgan edi. U London klubi safida turli musobaqalarda 123 ta uchrashuv o‘tkazib, 32 ta gol urdi va 22 ta golli uzatmani amalga oshirdi. O‘tgan mavsumda braziliyalik futbolchi jamoasi bilan Angliya Premer-ligasida chempionlikni qo‘lga kiritdi, shuningdek, Chempionlar ligasi va Angliya Liga kubogi finallarida ishtirok etdi.
Jezus bunga qadar besh mavsum davomida “Manchester Siti”da o‘ynagan. U manchesterliklar bilan to‘rt marta Angliya Premer-ligasi va Liga kubogida, ikki marta Angliya Superkubogida hamda bir marta Angliya Kubogida g‘olib chiqqan. 2020-2021 yilgi mavsumda esa “Manchester Siti” bilan Chempionlar ligasi finaliga qadar yetib borgan.
Jezus Braziliya terma jamoasi safida 64 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urgan va 13 ta golli uzatma bergan.
Live
Barchasi