Rasman: Roberto Firmino “Al-Ahli” futbolchisiga aylandi

Sport

image

“Liverpul” sobiq futbolchisi Roberto Firmino faoliyatini Saudiya Arabistonining “Al-Ahli”  klubida davom ettiradi. Bu haqda jamoa Matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, braziliyalik 31 yoshli hujumchi “Al-Ahli” jamoasi tarkibiga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan va 2026 yilga qadar mo‘ljallangan 3 yillik shartnomaga imzo chekkan.

Ma’lumot uchun, Firmino “mersisayd” klubiga 2015 yilning yozida “Xoffenxaym”dan kelib qo‘shilgan. “Qizillar” bilan braziliyalik futbolchi umuman olganda,  Premer-liga, Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati, Angliya kubogi va Liga kubogini qo‘lga kiritgan.

Shuningdek, u 2022/2023 yilgi mavsumda APL doirasida 25 ta bellashuvda maydonga tushib, 11 ta gol hamda 4 ta assist muallifiga aylandi.


Maqola muallifi

Teglar

Liverpul' Roberto Firmino Al-Ahli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing