Rasman: FIFA va UEFA Rossiyani barcha xalqaro musobaqalardan chetlatdi

Sport

image

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) va Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) Rossiya jamoalari va klublarining barcha xalqaro musobaqalardagi ishtirokini to‘xtatdi.

Joriy yilning 24 mart kuni Rossiya erkaklar terma jamoasi 2022 yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati finaliga chiqish uchun pley-off turnirining yarim finalida Polsha termasi bilan Moskvada o‘ynashi kerak edi. 

Boshqa yarim finalda Shvetsiya va Chexiya terma jamoalari to‘qnash kelishi kerak. Musobaqa g‘olibi 21 noyabrdan 18 dekabrga qadar Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. 

Rossiya ayollar terma jamoasi 6-31 iyul kunlari Angliyada bo‘lib o‘tadigan Yevropa chempionatida ishtirok etishi kerak edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

159

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing