Rasman: Ertadan Andijonda ta’lim jarayonlari tiklanyapti

Jamiyat

image

Andijon viloyatidagi ta’lim muassasalarida ertaga, 11 yanvardan boshlab o‘quv jarayonlari boshlanadi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi. 

“Ijtimoiy tarmoqlarda “Ertaga, 11 yanvardan Andijondagi  barcha maktablar va oliy va o‘rta maxsus ta’lim dargoxlarida o‘qish boshlanishi aytilmoqda” sarlavhasi ostida tarqalgan xabarlar yuzasidan Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi:

Andijon viloyatidagi ta’lim muassasalarida 11 yanvardan rasman o‘quv jarayonlari boshlanishini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda

Qayd etilishicha, ta’lim muassasalarining kelgusi faoliyati ob-havo sharoitidan kelib chiqqan holda tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi Hukumatining tegishli yig‘ilish bayoniga asosan, umumta’lim hamda ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarining qishki ta’til kunlari ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli 2023 yilning 17 yanvarigacha davom etishini ma’lum qilgandi. 

Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ham oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik litsey talaba-o‘quvchilari uchun qishki ta’til muddati 2023 yil 18 yanvargacha qadar uzaytirilganini ma’lum qilgandi. 

Ma’lumot uchun, ertaga, 11 yanvar kuni Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha, Farg‘ona viloyatining ayrim joylarida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 1-6° sovuq bo‘ladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Andijon anomal sovuq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing