Rasman: Eldor Shomurodov “Spetsiya” klubi futbolchisiga aylandi (video)
Sport
−
30 yanvar 2023 14860 1 daqiqa
Rimning “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov rasman “Spetsiya” klubiga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda “Spetsiya” Matbuot xizmati xabar berdi.
Klub o‘zbekistonlik hujumchining yarim mavsumlik ijarasi uchun “Roma”ga 1,5 mln yevro pul to‘laydi. Shomurodovning transferi uchun Italiyaning boshqa bir necha klublari – “Torino”, “Fiorentina”, “Kremoneze” kabi jamoalar ham kurashgandi.
Ma’lumot uchun, Eldor “Roma”dan tashqari Italiyaning “Jenoa” klubida ham to‘p tepgan. Joriy mavsumda Shomurodov “Roma” safida 9 ta bahsda maydonga tushib, 2 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi.