Rasman! “Chelsi” Tomas Tuxelni iste’foga chiqardi

Sport

image

Angliyaning “Chelsi” klubi rahbariyati germaniyalik bosh murabbiy Tomas Tuxelni iste’foga chiqardi. Bu haqda “aristokratlar” matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etish kerakki, Tuxelning nima uchun ishdan olingani to‘g‘risida hech narsa deyilmagan.

Ma’lumki, “Chelsi” germaniyalik murabbiy qo‘l ostida Angliya Premer liganing yangi mavsumini omadli boshlamadi. Londonliklar o‘tkazilgan 6 ta uchrashuvdan so‘ng, musobaqa jadvalida 6-o‘rinni band etib turibdi. Bu ham yetmaganidek, “aristokratlar” YeCHLning birinchi turida “Dinamo” Zagrebga imkoniyatni boy berdi. Mana shu sabablar “Chelsi” rahbariyatini keskin qaror qabul qilishga undagan bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, Tuxelga “Chelsi”ning sobiq xo‘jayini Roman Abramovich ishonch bildirgan. Yangi rahbariyatning Tomasga nisbatan ishonchi qay darjada bo‘lgan bunisi ham noma’lum edi.

Ma’lumot uchun, Tuxel “aristokratlar” bilan 2020-21 yilgi mavsumda Chempionlar Ligasi, UEFA Superkubogi va Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati sovrinini qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Roman Abramovich “Chelsi”

Baholaganlar

46

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing