Rasman! Benzema Yevropada tengsiz deb topildi

Sport

image

Bugun, 25 avgust kuni Turkiyaning Istanbul shahrida futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar ligasining 2022-2023 yilgi mavsumi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushubu marosimda YeCHLning o‘tgan yilgi asosiy qahramonlari ham mukofotlandi. Yilning eng yaxshi murabbiyi deya “Real Madrid” ustozi Karlo Anchelotti e’tirof etildi. Unga bu sovrin yo‘lida Yurgen Klopp (“Liverpul”) va Xosep Gvardiola (“Manchester Siti”) raqobat qilgan edi.

Yilning eng yaxshi futbolchisi unvoni “Real Madrid” hujumchisi Karim Benzemaga nasib etdi. 34 yoshli futbolchi sovrin uchun kurashda jamoadoshi Tibo Kurtua va Kevin De Bryuyneni (“Manchester Siti”) ortda qoldirdi.

Ma’lumot uchun,  “Real Madrid” YeCHLning o‘tgan mavsumda g‘olib bo‘lgan. Ushubu g‘alaba madridliklarning YeCHLdagi o‘n to‘rtinchi muvaffaqiyati edi. “Los blankos” hujumchisi Benzema esa 15 ta gol kiritib, musobaqaning yaqqol to‘purar hujumchisiga aylangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Karim Benzema

Baholaganlar

306

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing