Rasman: Benzema Saudiya klubiga ko‘chib o‘tdi

Sport

image
0:00
0:00
download

Saudiyaning “Al-Ittihod” klubi fransiyalik hujumchi Karim Benzema bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano o‘z sahifasida ma’lum qildi. 

Manbaga ko‘ra, 35 yoshli fransiyalik futbolchi bilan ikki yillik shartnoma imzolangan.

4 iyun kuni “Real Madrid” Benzema mavsum yakunida jamoadan ketishini e’lon qilgandi. Shu tariqa, hujumchi erkin agent sifatida faoliyatini “Al-Ittihod”da davom ettiradi.

Qayd etilishicha, Saudiya Arabistonida Benzema 200 million yevro ishlab oladi.

Benzema 2009 yildan buyon “Real Madrid” safida to‘p surib kelayotgandi. U 353 ta gol bilan klub tarixida Krishtianu Ronaldudan keyin ikkinchi eng yaxshi to‘purar maqomini qo‘lga kiritdi. 35 yoshli hujumchi joriy mavsumda “qaymoqranglilar” safida barcha turnirlarda 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 30 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

“Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining qiymati 35 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Madrid Benzema Al-Ittihod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing