Kurs UZS

USD

12 937.16

23.97

EUR

13 937.20

28.4

RUB

154.55

0.38

Rasman. BAA terma jamoasi bosh murabbiyi iste’foga chiqarildi

Sport

image

Birlashgan Arab Amirliklari milliy terma jamoasi ustozi Paulu Bentu iste’foga chiqrildi. Bu haqda mamlakat futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

Manbaga ko‘ra bosh murabbiy o‘z yordamchilari bilan ishdan bo‘shatilgan. Bunga termaning JCH saralashi doirasida Eronga qarshi uchralgan mag‘lubiyati sabab bo‘lishi mumkin. Lekin 26 martga o‘tar kechasi Bentu boshchiligidagi BAA KXDRni mag‘lub qildi va jahon chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma uchun imkoniyatlarni saqlab qoldi.

Ma’ulmot o‘rnida, Bentu 2023 yilning 9 iyul kunida BAA bosh murabbiyi etib tayinlangan va uning qo‘l ostida amirliklar 26 o‘yin o‘tkazib, 14 g‘alaba, 5 durang va 7 mag‘lubiyat qayd etdi. 

Jamoa jahon chempionati saralash bosqichi “A” guruhida BAA termasi 8 o‘yindan so‘ng 13 ochko jamg‘argan holda 3-o‘rinda bormoqda. Amirliklar navbatdagi uchrashuvni 5 iyun kuni o‘z maydonida O‘zbekistonga qarshi o‘tkazadi, so‘ngra Qirg‘iz Respublikasiga safar uyushtiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Birlashgan Arab Amirliklari Paulu Bentu iste'foga chiqrildi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing