Rasman: avtomobil importi uchun boj pasaytirildi, ammo...
Jamiyat
−
22 fevral 2022 53914 1 daqiqa
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 21 fevral kuni “Avtotransport vositalarining ichki bozori rivojlanishini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Qarorga ko‘ra:
Avtomobillar olib kirishda bojxona to‘lovlari stavkalari ikki bosqichda pasaytiriladi. Hujjat imzolangan paytdan boshlab 2023 yil 1 yanvarga qadar bojlar ikki yoki undan ortiq baravarga qisqartiriladi. Bunda avtomobil dvigateli quvvati bo‘yicha qo‘shimcha koeffitsiyent miqdori ham qisqartiriladi. Avtomobil dvigatelining har bir kub sm uchun belgilangan qo‘shimcha koeffitsiyentlar ham 2023 yil 1 yanvardan ikki barobarga pasayadi.
Ammo pasaytrilgan bojlar faqat chiqarilgan kundan boshlab O‘zbekiston bojxona chegarasini kesib o‘tish vaqtida 1 yildan ko‘p bo‘lmagan (bundan oldin – 3 yildan ko‘p bo‘lmagan) yangi avtomobillarga nisbatan qo‘llaniladi.
Shuningdek, 2022 yil 1 apreldan “UzAuto Motors” AJ tomonidan avtomototransportni xarid qilish bo‘yicha shartnoma tuzgan shaxsga avtomatik ravishda rasmiylashtiriladigan hisob-ma’lumotni Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xizmatiga faqat elektron shaklda taqdim etish amaliyoti joriy qilinadi. Shartnoma kimning nomiga rasmiylashtirilib, Yo‘l harakati xizmati bazasiga kiritilgan bo‘lsa, avtotransport o‘sha shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025