Rasman! “Aston Villa” Nikolas Jekson bilan shartnoma imzoladi
Sport
−
15:53 220 1 daqiqa
“Chelsi”ning senegallik markaziy hujumchisi Nikolas Jekson “Aston Villa”ga o‘tdi. Bu haqda Birmingem klubi matbuot xizmati rasman ma’lum qildi.
Shartnoma shartlari va transferning moliyaviy tafsilotlari klubning rasmiy bayonotida oshkor etilmadi. Biroq jurnalist Florian Plettenberg ma’lumotiga ko‘ra, kelishuv 5 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, transfer qiymati bonuslarni hisobga olgan holda 75 million yevroni tashkil etadi.
Jekson avval ham “Aston Villa”ning hozirgi bosh murabbiyi Unai Emeri qo‘l ostida to‘p tepgan. Senegallik hujumchi “Vilyarreal”da faoliyat yuritgan vaqtida ispaniyalik mutaxassis bilan birga ishlagan.
Ma’lumot uchun, Jekson Unai Emeri boshchiligida 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Shuningdek, hujumchi o‘tgan mavsumda “Bavariya” safida ijara asosida harakat qilgan. Biroq Myunxen klubi futbolchining transfer huquqini to‘liq sotib olish imkoniyatini amalga oshirmadi va u mavsum yakunida “Chelsi”ga qaytdi. Nikolas Jekson 2025-2026 yilgi mavsumda “Chelsi” safida 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Live
BarchasiTibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshdi
28 avgust
Maktablarda qamrov 78 foizga oshirildi
28 avgust