Rasman! Husanov “Siti”da yana 5 yil qoladi (video)
Sport
−
25 iyul 2708 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov Angliyaning “Manchester Siti” klubi bilan amaldagi shartnomasini yana 5 yilga uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manchester shahri jamoasining o‘zbekistonlik a’zosi Abduqodir Husanov rasman klubda 2031 yilning yozigacha qoladigan bo‘ldi. Yangi imzolangan shartnomaga ko‘ra, himoyachining maoshi sezilarli oshirilgan.
Qayd etish joizki, “shaharliklar” klubiga bosh murabbiy sifatida yaqindagina kelib qo‘shilgan Enso Mareska Jamoada birinchilardan bo‘lib Abduqodir Husanov bilan kelishuv shartnomasini uzaytirdi.
Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik himoyachi o‘tgan yilning boshida Pep Gvardiola qo‘l ostidagi “Manchester Siti” klubiga borib qo‘shilgan. Shu vaqtdan beri Husanov jamoa bilan Angliya kubogi va Liga kubogini yutishga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq mashhur insayder Fabritsio Romano “Manchester Siti” o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov bilan yangi shartnoma imzolashga kelishib olganini ma’lum qilgandi.
Live
Barchasi