Rasman: Haj safari narxi ma’lum qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda bir nafar ziyoratchiga to‘lov miqdori 62 million 900 ming so‘m etib belgilandi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmati rahbari  Ilhom Ma’rupov ma’lum qildi.

Idora vakilining so‘zlariga ko‘ra, Saudiya hukumati tomonidan haj safari narxiga ta’sir qiluvchi qo‘shimcha soliq va majburiy to‘lovlar joriy qilingani, kommunal, transport, elektr-energiya va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlar miqdori bir necha baravar (30-40 foiz) oshgani sabab ziyorat uchun to‘lov miqdori ham ko‘tarilgan.

Haj amallarini tashkil etuvchi muassasalarning xizmatlariga 2022 yilda yangi majburiy to‘lovlar joriy etilgani aytilmoqda.  Shu bois dunyo mamlakatlari uchun haj xizmatlari narxi o‘rtacha 40-45 foizga ko‘tarilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Haj

Baholaganlar

973

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing