Er rashk tufayli qotilga aylandi

Jamiyat

image

Kecha, 4 aprel kuni Jizzax viloyatida rashk tufayli qotillik sodir etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmat xabar berdi.

4 aprel kuni soat 13:30 larda Sharof Rashidov tumani, “Eski Toshkentlik” mahallasida yashovchi T.M. fuqaro Sh.A.ni qasddan o‘ldirish maqsadida, uning Jizzax shahrida joylashgan ish joyiga borgan. T.M. Sh.A.dan o‘z xotinini rashk qilib, o‘zi bilan olib kelgan oshxona pichog‘i bilan uning o‘ng bo‘yin va ko‘krak sohasiga urib, voqea joyidan yashiringan.

Sh.A. olgan tan jarohatlari natijasida shifoxonada vafot etgan.

Shu kunning o‘zida Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan T.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, zudlik bilan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida T.M. ushlangan.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Jizzax

Baholaganlar

179

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing