21 yoshli ayol rashk qurboni bo‘ldi

Jamiyat

image

Sirdaryo viloyati, Guliston shahridagi xonadonlardan birida 21 yoshli ayolning jasadi qotillik alomatlari bilan topildi. O‘tkazilgan surishtiruv natijasida ayol rashk oqibatida tanishi tomonidan o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 18 iyun kuni soat taxminan 11:00 da Guliston shahri, 4-mavzedagi xonadonlardan birida 1998 yil tug‘ilgan fuqaro O‘.A.ning (ayol) jasadi qotillik alomatlari bilan topilgan.

Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo viloyat prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat qo‘zg‘atilgan.

Aniqlanishicha, O‘.A.ni Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida yashovchi fuqaro 1993 yilda tug‘ilgan A.I. o‘ldirgan. A.I. tanishi O‘.A. uxlab yotganidan foydalanib, o‘zi bilan olib kelgan ip bo‘lagi bilan uning bo‘ynidan bo‘g‘ib, qasddan o‘ldirgan. So‘ng, bo‘ynida bo‘lgan tilla zanjir, 1 juft tilla zirak, plastik kartochkasi va “Samsung Galaxy” rusumli uyali telefonini qo‘lga kiritgan.

Jinoyatning gumon qilinuvchi A.I. tomonidan sodir etilganligi uning iqrorlik arizasi, ko‘rsatuvlarini hodisa joyida tekshirish tergov harakatlari, marhumaga tegishli bo‘lgan daliliy ashyolar: plastik kartochkasi, hodisa joyidan olib ketilgan tilla buyumlar, “Samsung Galaxy” rusumli uyali telefoni, barmoq izlari, guvohlarning ko‘rsatmalari va boshqa dalillar majmui bilan tasdiqlanmoqda.

Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik jinoyat Guliston

Baholaganlar

119

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing