Rashidov “Paxtakor”ni tark etib, yana legionerga aylandi

Sport

image

Bugun, 17 iyul kuni “Paxtakor” futbolchisi Sardor Rashidov rasman jamoani tark etdi. Hujumkor yarimhimoyachi Quvaytning “Quvayt SK” jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Bu haqda futbolchining o‘zi ma’lum qilgan. 

Tarkibida Jon Obi Mikel va Dyomersi Mbokani singari nomdor futbolchilar bo‘lgan jamoa Quvaytning eng sovrindor klublaridan biri hisoblanadi. 16 marta Quvayt premer ligasi, 14 marta Quvayt Amiri kubogi, 9 marta Quvayt shahzodasi kubogi, 5 marta Quvayt superkubogi hamda 3 marta OFK kubogida g‘alaba qozongan. 

Ma’lumot o‘rnida, "Kuvayt SK" ayni paytda OFK kubogida o‘z yurishini davom ettirmoqda va "Nasaf"ning chempionlik yo‘lidagi eng katta raqibi hisoblanadi.

Xabarlarga ko‘ra, Rashidov yangi jamoasiga erkin agent maqomida qo‘shilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Paxtakor Sardor Rashidov Quvayt SK

Baholaganlar

131

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing