Rashidov faoliyatini Toshkent klubida davom ettiradi

Sport

image

Tajribali futbolchi Sardor Rashidov faoliyatini yana O‘zbekistonda davom ettiradigan bo‘ldi. So‘nggi mavsumni Qatarning “Umm Salal” jamoasida o‘tkazgan Rashidov Toshkentning “Paxtakor” klubi a’zosiga aylandi. Bu haqda “Sherlar” matbuot xizmati xabar berdi.

“Oxirgi ikki mavsumda jamoamiz sharafini himoya qilgan Sardor Rashidov joriy mavsumni ham “Paxtakor” safida o‘tkazadigan bo‘ldi. U 2023 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi”, deyiladi klub bayonotida.

Qayd etilishicha, Rashidov erkin agent sifatida “Paxtakor” safini to‘ldirgan. 

“Umid qilamizki, u jamoamiz bilan ko‘plab g‘alabalarga erishib, “Sherlar” uchun sovrinlar yutishga yordam beradi. “Paxtakor”ga qaytishing muborak, Sardor!", deya yozib qoldirdi “Paxtakor” o‘z sahifasida.

Ma’lumot uchun, Sardor Rashidov 1991 yilda Jizzaxda tug‘ilgan. Faoliyati davomida “Al-Jaish“, “Al-Jazira“, “Quvayt FK” va “Nasional” kabi xorij jamoalarida to‘p tepgan. Futbolchi O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida umumiy 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urgan.


Maqola muallifi

Teglar

Paxtakor Sardor Rashidov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing