Rashid Qodirovning uyi sotuvga qo‘yildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasining sobiq Bosh prokurori Rashid Qodirovga tegishli ekani aytilayotgan Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Sadaf ko‘chasidagi 7-9-uy Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarning ijro hujjatiga asosan sotuvga qo‘yildi.

Собиқ бош прокурор Рашид Қодиров мулки сотувга қўйилдими?

Narxni oshirib borish tamoyili bo‘yicha auksionga qo‘yilgan mazkur mulkning ochiq auksion savdosiga qo‘yilgan boshlang‘ich bahosi 10 007 940 000 (o‘n millard yetti millon to‘qqiz yuz qirq ming) so‘m. Turar-joy binosi 10 ta xonadan iborat.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudi qaroriga ko‘ra, Yashnobod MIB bo‘limi tomonidan E-ijro auksion ochiq auksioniga qo‘yilgan mazkur turar-joy binosi ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonning sobiq Bosh prokurori Rashid Qodirovga tegishli bo‘lib, uning turmush o‘rtog‘i nomida bo‘lgan.

15.jpg

Eslatib o‘tamiz, Rashid Qodirov uzoq davom etgan tergov va sud jarayonidan keyin 10 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Shuningdek, unga eng kam oylik ish haqining 500 baravari miqdorida jarima tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rashid Qodirov

Baholaganlar

860

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing