Pensiyani hisoblash uchun yangi tartib joriy etiladi
Jamiyat
−
11 fevral 2020
11565Joriy yilning 1 aprelidan boshlab pensiyani hisoblash uchun yangi tartib joriy etiladi. Bu haqda “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi va 2020 yil Davlat dasturi loyihasida qayd etilgan.
Hujjat bilan 2020 yil 1 apreldan boshlab shunday tartib joriy etiladiki, unga muvofiq pensiyani hisoblash uchun mehnat stajini tasdiqlash va ish haqi miqdorini belgilashda arxiv ma’lumotlarini taqdim etmasdan:
• 2005–2016 yillar davri uchun jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga majburiy badallari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan;
• 2016–2018 yillar davri uchun Fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan sug‘urta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reyestri ma’lumotlaridan;
• 2019 yildan keyingi davr uchun Fuqarolarning hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reyestri ma’lumotlaridan foydalaniladi.
Ushbu bandda ko‘rsatilgan davrlar uchun arxiv ma’lumotlaridan faqat tizimlarda zarur ma’lumotlar mavjud bo‘lmaganda yoki arizachining murojaati yuzasidan foydalaniladi. Arizachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish hamda qo‘shimcha arxiv ma’lumotlarini talab qilib olish zarurati bo‘lganda arizachiga pensiya minimal miqdor bo‘yicha sirtdan rasmiylashtiriladi va keyinchalik qayta hisob-kitob qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda manfaatdor idoralar o‘rtasida elektron ma’lumot almashishni yo‘lga qo‘yish va zarur ma’lumotlar bazasini hamda fuqarolar uchun ularga tayinlangan pensiya to‘lovlari to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlar bilan tanishish, shu jumladan, avtomatik hisoblash imkoniyatini yaratishni inobatga olgan holda pensiya tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi.
LiveBarchasi