Taqiqqa qaramay to‘y o‘tkazgan fuqaroga nisbatan jinoiy ish ochildi
Jamiyat
−
30 mart 2020
11020Avvalroq, Toshkent shahrining Yunusobod tumanida taqiqqa qaramay o‘tkazilayotgan to‘y to‘xtatilgani haqida xabar bergan edik. To‘y egasi (kelinning otasi) ichki ishlar bo‘limiga olib borilgandi.
Bugun, 30 mart kuni ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati rahbari Shohruh G‘iyosov ularga qanday chora ko‘rilganini ma’lum qildi.
“28 mart kuni Toshkent shahri, Yunusobod tumanida yashovchi 1965 y.t. fuqaro qizini uzatish maqsadida “kuyov navkar” marosimini o‘tkazgan. Tadbirga, o‘zining qarindoshlarini, kuyov va uning do‘stlarini taklif etgan.
Vaholatki bir kun oldin bu fuqaro profilaktika inspektori va mahallari raisi tomonidan bunday tadbir o‘tkazish krantin qoidalarini qo‘pol ravishda buzish ekanligi bilan, rasmiy ravishda tilxat olib ogohlantirgan.
Hozirda, ushbu fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 257 prim 1-moddasi, ya’ni epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan”, dedi G‘iyosov.
U shuningdek, “imi-jimida” to‘y marosimini yoki boshqa yig‘inlarni o‘tkazish taqiqlanganini qo‘shimcha qildi.
“Agar ichki ishlar organlari to‘y yoki boshqa marosimlarni o‘tkazayotganingizni aniqlasalar, Siz jinoiy javobgarlikka tortilasiz. Albatta dafn marosimlari bundan mustasno”, dedi Shohruh G‘iyosov.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda O‘zbekistonda koronavirus yuqtirib olganlar 145 nafarni tashkil qilyapti. Ularning ikki nafari vafot etdi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi