Ramzan Qodirovning o‘g‘li Rossiyadagi futbol klubining prezidenti bo‘ldi
Olam
−
23 may
7810Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning to‘ng‘ich o‘g‘li, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Ahmad Qodirov Grozniyning "Axmat" futbol klubi prezidenti bo‘ldi. Bu haqda klub o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma’lum qildi.
"Ishonchimiz komilki, Ahmad Ramzanovich boshchiligida jamoani yangi g‘alabalar, muvaffaqiyat va sovrinlar kutib turibdi. Klub vitse-prezidentlaridan biri etib esa Chechen Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri birinchi o‘rinbosari Umar Daudov tayinlandi. Jonajon jamoamiz "Axmat"ni rivojlantirish yo‘lida omad va zafarlar tilab qolamiz. Birgalikda g‘alabaga erishamiz!", deyiladi klub xabarida.
Ma’lumot uchun, shu paytgacha "Axmat" klubi prezidenti lavozimida ishlab kelgan Magomed Daudov bugun, 23 may jamoani tark etgani xabar qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Ahmad Qodirov kecha, 22 may kuni Checheniston Jismoniy tarbiya va sport vaziri etib tayinlangandi.
LiveBarchasi