Ramzan Qodirov va oilasi AQSH sanksiyalariga duchor bo‘ldi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov va uning oila a’zolariga qarshi sanksiyalar joriy qildi. Bu haqda bugun, 15 sentyabr kuni AQSH Moliya vazirligi tomonidan tarqatilgan bayonotda aytiladi. 

Sanksiya ro‘yxatiga Checheniston Respublikasi rahbaridan tashqari uning rafiqasi Medni Qodirova hamda farzandlari Oyshat Qodirova, Xadizat Qodirova va Tabarik Qodirovalar kiritilgan.  

Bundan tashqari, Fotima Xazuyeva va Aminat Ahmadovalar “Ramzan Qodirov bilan aloqadorlar” sifatida qayd etilgan. Shuningdek, “Aishat Qodirova bilan bog‘liq” “Firdaus” MCHJga ham cheklovlar qo‘yilgan.  

Sanksiyalar ro‘yxatiga qo‘shilish AQSHdagi aktivlarni muzlatish va Amerika fuqarolari yoki kompaniyalariga uning ayblanuvchilari bilan biznes yuritishni taqiqlashni anglatadi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 15 sentyabr kuni AQSH Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi. Yangi sanksiyalar 44 nafar jismoniy shaxs, jumladan, Rossiya va Ukraina fuqarolari hamda 32 yuridik shaxsga taalluqlidir


Maqola muallifi

Teglar

Ramzan Qodirov Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

159

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing