Ramzan Qodirov shikoyat bilan chiqqan shifokorlarni ishdan bo‘shatishni talab qildi

Olam

image

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov, himoya vositalarining etishmasligidan shikoyat qilgan Gudermes shahridagi shifoxona xodimlarini ishdan bo‘shatishni talab qildi. Bu haqda u Respublika hukumatining yig‘ilishida aytib o‘tdi.

“Provokatorlarni ishdan bo‘shatish kerak. Bizda hamma narsa – jihozlar, kostyumlar, niqoblar, barchasi yetarli“, deydi Qodirov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Chechenistonda nafaqat respublikaning ehtiyojlari uchun, balki qo‘shni mintaqalarga ham yetarli darajada himoya vositalari va dori-darmonlar yetarli.

Grozniy davlat teleradiokompaniyasi xabar berishicha, WhatsApp messenjeri va ijtimoiy tarmoqlarda Gudermesda tibbiyot xodimlar norozilik namoyishi uyushtirgani videosi tarqaldi. Ma’lum bo‘lishicha, ular himoya niqoblari va kostyumlarining yo‘qligi borasida shikoyat qilingan. Shundan so‘ng Markaziy tuman shifoxonasining bir nechta shifokor va hamshiralari uzr so‘rashgan.

Hodisa sodir bo‘lgan paytda hukumat shifoxonaning bosh shifokori Ilyos Enganoyevni ishdan bo‘shatdi. Checheniston bosh vazirining sobiq muovini Musa Ahmadov Gudermes shahridagi shifoxonaning yangi bosh shifokori bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Ramzan Qodirov

Baholaganlar

388

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing