Ramzan Qodirov Rossiyadagi liderlar orasida o‘tgan yili eng ko‘p “soqqa qilgan” rahbar bo‘ldi

Olam

image
0:00
0:00
download

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘tgan yilda Rossiya mintaqalarining boshqa rahbarlariga qaraganda eng ko‘p daromad to‘pladi. Uning rasmiy veb-saytida joylashtirilgan daromadlar va mol-mulk to‘g‘risidagi ma’lumotlar shundan darak bermoqda.  

Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Qodirov o‘tgan yili 381,1 million rubl daromad qilgan. 

U maydoni 3668 va 28 361 kvadrat metr bo‘lgan ikkita yer uchastkasi, shuningdek, maydoni 2344 kvadrat metr bo‘lgan turar-joy binosiga egalik qiladi. 

Eng boy gubernatorlar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni Mari El Respublikasi rahbari Aleksandr Yevstifeyev egallagan. Deklaratsiyada uning daromadi 84,7 million rublni tashkil etgani ta’kidlangan. 

Avvalroq, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Respublika Prezidenti lavozimidan ketishi shartini aytgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Ramzan Qodirov

Baholaganlar

158

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing