Ramzan Qodirov “Xalq otasi” bo‘ldi

Olam

image

Avval xabar berganimizdek, Checheniston respublikasi parlamentida Checheniston rahbariga “Mexkan da” (“Xalq otasi”) unvonini berish taklif qilingandi. Bugun, 10 fevral kuni esa ushbu hujjat deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi. Bu haqda respublika parlamenti spikeri, Magomed Daudov o‘z Telegram kanalida ma’lum qildi.

Qonunga ko‘ra, Checheniston rahbari Checheniston Respublikasi Konstitutsiyasining, inson huquqi va erkinliklarining kafolati hisoblanadi. Shuningdek, u qonun ustuvorligini, mamlakatning xavfsizligi va hududiy yaxlitligini ta’minlash, fuqorolarning tinchligi va totuvligini saqlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish huquqiga ega.

Magomed Daudovning aytishicha, ushbu o‘zgartirishdan maqsad Checheniston Respublikasida davlat tili bo‘lgan chechen tilida viloyat rahbari unvonini qo‘llashda bir xillikni o‘rnatish bo‘lgan.

“Joriy yilda deputatlar Checheniston Respublikasi rahbari, Rossiya Qahramoni, aziz birodarim Ramzan Axmatovich Qodirov tashabbuslarini qonunchilikda qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarimizning turmush darajasini oshirish, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirish, shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha yuqori sifatli mintaqaviy qonunchilik bazasini yaratish bo‘yicha o‘z faoliyatini davom ettiradi”, deb yozgan Daudov.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ramzan Qodirov “Xalq otasi”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing