Ramzan Qodirov “G‘alaba bog‘i”ga bordi (video)
Jamiyat
−
27 may
14909Checheniston rahbari Ramzan Qodirov bugun, 27 may kuni Toshkentdagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi va “Shon-sharaf” muzeyiga bordi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida yozdi.
“Delegatsiya a’zolari bilan birgalikda “G‘alaba bog‘i” ekspozitsiyasi bilan batafsil tanishdim. Albatta, yodgorlik majmuasi o‘zbek xalqining urushdagi jasoratini munosib tarzda abadiylashtirdi”, deydi Qodirov.
Keyin Checheniston rahbari tashrifi sharafiga tashkil etilgan tantanali ziyofatda ishtirok etdi. Mehmonlar uchun o‘zbek xalqining go‘zalligi va betakror madaniyatini aks ettiruvchi rang-barang konsert dasturi tashkil etildi. Unda O‘zbekiston xalq artisti Farruh Zokirov ham qatnashdi.
“Farrux Karimovich menga Birinchi Prezidentimiz, Rossiya Qahramoni Ahmad Xoji Qodirovni shaxsan bilishini va bundan juda faxrlanishini aytdi. Farrux Karimovichga aziz otamning yaxshi xotirasi uchun chin dildan minnatdorchilik bildirdim va uni Checheniston Respublikasiga tashrif buyurishga taklif qildim”, deb yozadi Checheniston rahbari.
Ziyofatdan so‘ng Ramzan Qodirov taniqli o‘zbekistonlik jangchi, UFC o‘rta vazn toifasida ishtirok etayotgan Nursulton Ro‘ziboyev bilan ham uchrashdi.
Eslatib o‘tamiz, Ramzan Qodirov kecha, 26 may kuni O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin ishtirokida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashining birinchi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Toshkentga kelgandi.
LiveBarchasi