Ramzan Qodirov faxriy jurnalist bo‘ldi

Olam

image

Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov faxriy jurnalist sifatida tan olindi. Bu haqda Qodirov Telegram kanalida ma’lum qildi.

17 dekabr kuni Grozniy shahrida Ahmad-Hoji Qodirov xotirasiga bag‘ishlangan “Oltin qalam” xalqaro jurnalistik mukofotni topshirish marosimi bo‘lib o‘tgan. Tadbir doirasida Checheniston rahbariga “OAV sohasini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratgani” va “Jurnalistlar hamjamiyatini jahon miqyosida qo‘llab-quvvatlagani uchun” diplom topshirilgan.

Bundan tashqari, Qodirov taniqli jurnalistlarga mukofotlar topshirgan. Xususan, Rossiya davlat teleradiokompaniyasining harbiy muxbiri Aleksandr Sladkov mukofotning gran-prisini qo‘lga kiritgan. Checheniston rahbari, shuningdek, harbiy muxbir va Donetsk davlat teleradiokompaniyasi direktori Andrey Rudenkoga “Checheniston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” faxriy unvonini bergan.

Ma’lumot uchun, Ahmad-Hoji Qodirov nomidagi mukofot har yili eng iqtidorli va o‘ziga xos san’at asarlarini yaratganlik va madaniyat sohasidagi ijodiy va tadqiqot loyihalarini amalga oshirganlik uchun beriladi.

Ramzan Qodirov esa 2021 yildayoq jurnalistlar jamoasiga qo‘shilgan. O‘shanda u Grozniy telekanalidan "sifatli kontent va respublikada bo‘layotgan voqealarni yoritishda yordam bergani uchun" 45 ming rubl mukofot olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Checheniston rahbari Ramzan Qodirovga II darajali “Vatanga xizmatlari uchun” ordenini topshirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ramzan Qodirov Checheniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing