Ramos “Manchester Yunayted”ga o‘tadimi?

Sport

image

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi sardori Serxio Ramos faoliyatini “Manchester Yunayted”da davom ettirish imkoniyatini ko‘rib chiqyapti. Bu haqda “Mirror” nashri yozmoqda.

Ma’lum qilinishicha, ispaniyalik 34 yoshli himoyachi Madrid klubi bilan yakuniga yetayotgan shartnomasini uzaytirish borasida kelishuvga erisha olmayotgani uchun yozda jamoani erkin agent sifatida tark etadi. Ramos unga qiziqish bildirayotgan MYU taklifini qabul qilib, faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirmoqchi.

Shuningdek, Serxio Ramosga Fransiyaning PSJ klubi ham qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Ramos “Real Madrid” safida barcha turnirlar doirasida 668 ta o‘yin o‘tkazib, 100 ta gol urgan.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Yunayted Real Madrid Ramos

Baholaganlar

304

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing