Ramos qaysi jamoaga o‘tmoqchiligi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

“Real Madrid” jamoasining sobiq himoyachisi Serxio Ramosning Meksikaning “Monterrey” klubi bilan shartnomasi yakuniga yetish arafasida. Shu sababli tajribali himoyachi qishki transfer oynasida “Milan”ga o‘tishni maqsad qilgan. Bu haqda “Calciomercato” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Meksikaning “Monterrey” klubidan ketishga tayyorlanayotgan Ramos Yevropaga qaytishni rejalashtirmoqda va faol ravishda yangi jamoa qidirmoqda. Uning nomzodi allaqachon milanliklar rahbariyatiga taklif etilgan. Agar “Milan” istasa, u bilan tekinga shartnoma imzolashi mumkin.

Ramosning asosiy maqsadi 2026 yilgi Jahon chempionatida Ispaniya terma jamoasi safida ishtirok etish. Shu sababli u yuqori darajadagi musobaqalarda muntazam o‘ynab, o‘zining yaxshi sport formasiga ega bo‘lishni maqsad qilgan.

Ramosning “Milan” variantini ma’qul ko‘rayotganiga yana bir sababga klubda uning “Real”dagi sobiq jamoadoshi Luka Modrich ham to‘p surishi hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Serxio Ramos “Monterrey”ga 2025 yil qishida kelib qo‘shilgan edi. U Meksika klubi safida 30 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi. Shu davr mobaynida u klubida 9 ta sariq va bitta to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Serxio Ramos 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun “Monterrey” klubidan ketib, Yevropaga qaytishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Serxio Ramos “Milan” “Real Madrid”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing