Ramos qachon safga qaytadi? Pochettino javob berdi

Sport

image

PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoa himoyachisi Serxio Ramosning qachon safga qaytishi haqida gapirdi. Bu haqda “Goal” nashri xabar berdi.

“Biz xotirjam bo‘lishimiz kerak, chunki Serxio xotirjam, demak u tez orada tarkibga qaytadi. U hafta davomida to‘liq uch marta mashg‘ulot o‘tkazdi. U yuklanmalarni yaxshi uddalamoqda, bu maydonga qaytish yo‘lidagi muhim qadamdir”, deydi Pochettino.

Eslatib o‘tamiz, Ramos boldir mushagidagi jarohat tufayli PSJ safida birorta o‘yinda maydonga tushmagan. U 2021 yilning yozida erkin agent sifatida “Real Madrid”dan Parij klubiga ko‘chib o‘tgan.

Ma’lumot uchun, Ramos 16 yil davomida Madridning “Real” klubi sharafini himoya qilgan va YeCHLda 4 marta g‘olib bo‘lgan. Shuningdek, u 2020 yilda “France Football” nashri tomonidan Maldini, Bekkenbauer, Puyol hamda Roberto Karlos kabi afsonalarni ortda qoldirib, “Futbol tarixidagi eng yaxshi himoyachi” mukofotiga sazovor bo‘lgan edi.


 


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Real PSJ Pochettino Ramos

Baholaganlar

16

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing