Ramiz Usmonov “Hamdo‘stlik yulduzlari” mukofoti bilan taqdirlandi

Madaniyat-san’at

image

Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri direktori, O‘zbekiston xalq artisti Ramiz Usmonov “Hamdo‘stlik yulduzlari” mukofoti bilan taqdirlandi.

Bugun, 12 dekabr kuni, Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi XV Ijodiy va ilmiy ziyolilari forumi doirasida MDHning davlatlararo bosh mukofoti – “Hamdo‘stlik yulduzlari” laureatlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

San’at, fan va ta’lim sohasidagi ulkan yutuqlari uchun a’zo mamlakatlarning bir nafardan vakiliga beriladigan mukofotni bu yil O‘zbekistondan opera xonandasi Ramiz Usmonov qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, marosim davomida MDH davlatlarining yoshlar mukofoti – “Hamdo‘stlik debyutlari” sovrini ham o‘z egalariga topshirildi. Ushbu mukofot 2022 yilda arxitektura va shaharsozlik yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan yoshlarga berildi. Ayni sovringa O‘zbekistondan arxitektor, dizayner Imron Haydarov loyiq deb topildi.

Ma’lumot o‘rnida, San’at, fan va ta’lim sohasidagi ulkan yutuqlari uchun beriladigan MDHning – “Hamdo‘stlik yulduzlari” davlatlararo mukofoti bilan 2020 yilda O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov, 2021 yilda Botir Zokirov nomidagi estrada simfonik orkestri rahbari, O‘zbekiston xalq artisti Mansur Toshmatov taqdirlangan edi. 

2021 yilda o‘tkazilgan “Hamdo‘stlik debyutlari” mukofoti bilan O‘zbekiston Respublikasi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi yetakchi ilmiy xodimi Barno Isoxova taqdirlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Farrux Zokirov Botir Zokirov Ramiz Usmonov Hamdo'stlik yulduzlari Hamdo'stlik debyutlari

Baholaganlar

29

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing