Ramazonda qanday ovqatlanish kerak?
Salomatlik
−
28 fevral
8925Ramazon oyida to‘g‘ri ovqatlanish muhim ahamiyatga ega. Uzoq soatlik ochlikdan so‘ng, turli taomlarga boy iftorlik dasturxoni Ramazonda sog‘lom ovqatlanish haqidagi orzularni yo‘qqa chiqarishi mumkin. Sanepidqo‘mita Ramazonda sog‘lom ovqatlanish va oshqozon-ichak tizimi salomatligini saqlash uchun tavsiyalar e’lon qildi.
Bular quyidagilar:
1. Taomlanishni xurmodan boshlash.
Xurmo – bu ro‘za paytida kun davomida energiya bilan ta’minlaydigan uglevodlarning manbai hisoblanadi. Xurmo mevasi tolalari ovqat hazm qilish traktini ishlashini tartibga soladi. Bundan tashqari, xurmo magniy va kaliyga boy.
2. Ko‘p miqdorda suv ichish.
Kun davomida chanqamaslik uchun og‘iz ochilgandan keyin va saharlikdan oldin yetarlicha suv ichish. Bir kunda 8 stakan suv ichishga harakat qilish tavsiya etiladi.
3. Chanqatadigan ovqatlar va mahsulotlardan saqlanish.
Tuzli ovqatlar, konservalar, tuzlangan yong‘oqlar, bodringlar, baliqlardan saqlanish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, ziravorlarga boy ovqatlardan saqlanish kerak, chunki ular chanqoq hissini chaqiradi. Ko‘proq meva va sabzavotlarni iste’mol qilish lozim, ular organizmning suv zaxiralarini yangilaydi va to‘ldiradi.
4. Sekin, shoshmasdan iftorlik qilish.
Uzoq muddatli ochlikdan so‘ng, tanaga katta miqdordagi oziq-ovqat tushishi – stressdir. Mo‘’tadil bo‘lishga harakat qilish, iftorni xurmo, suv bilan boshlash, keyin sho‘rva, salat yeyish mumkin. Bir muncha vaqt o‘tgach, asosiy taomga o‘tish kerak. Ortiqcha ovqatlanish ovqat hazm qilishdagi muammolar va oshqozon og‘rig‘iga sabab bo‘lishi mumkin. Iftorni iliq sho‘rva bilan boshlash ro‘za tutgandan keyin eng yaxshi ovqat bo‘lib, organizmning ozuqaviy moddalarini to‘ldiradi va tanani og‘irroq ovqatlar uchun tayyorlaydi.
5. Taomda barcha kerakli nutriyentlar mavjudligiga ishonch hosil qilish.
Iftorda oqsillar, sabzavotlar, yormalar, mevalar va foydali yog‘lar kabi ovqatlar bo‘lishi kerak.
6. Sog‘lom ovqatlarni tanlash.
Ratsionida don, yormalar, tovuq go‘shti, yog‘siz go‘sht, baliq, zaytun moyi va mevalar bo‘lishi kerak. Qovurilgan, sho‘r va yog‘li ovqatlardan saqlanish lozim. Go‘sht, dukkaklilar, tuxum va sut mahsulotlari oqsilga boy. Ushbu oziq-ovqat mahsulotlaridan kamida bittasini har kuni iste’mol qilish kerak.
7. Shirinliklardan saqlanish.
Iftordan keyingi shirinliklar qorinda gaz to‘planishiga sabab bo‘ladi va ovqat hazm qilishni buzadi. Bundan tashqari, u qondagi glyukoza miqdorini oshiradi, bu esa shirinliklarga bo‘lgan ehtiyojni yanada oshiradi. Shuning uchun iftorlikdan 2–3 soatdan keyin shirinliklarni iste’mol qilish tavsiya etiladi. Shirinliklarni foydaliroq mahsulotlarga: xurmo, quruq mevalar, shirin mevalar bilan almashtirish kerak.
8. Qahva (kofe) ichishdan tiyilish.
Ramazon oyida bosh og‘rig‘i va uyqusizlikka yo‘l qo‘ymaslik uchun qahva iste’mol qilishni kamaytirishga harakat qilish tavsiya etiladi.
9. Kuniga uch marta ovqatlanish.
Ramazon oyida ham kuniga uch mahal ovqatlanish muhim ahamiyatga ega, bunda iftorlik, saharlik va ular orasida yengil tamaddi qilib olish kerak. Asosiy ovqatlanishni uch qismga bo‘lgan ma’qul. Uchdan bir qismi murakkab uglevodlar, uchdan biri yog‘siz go‘sht yoki baliq, qolganlari esa sabzavot. Bu sog‘lom, muvozanatli ovqatlanish bo‘ladi.
LiveBarchasi
24 mart
Do‘rmonga o‘t ketdi.
24 mart