Ramazon Temirovning navbatdagi jangi Yaponiyada bo‘ladi

Sport

image

O‘zbekistonlik MMA ustasi Ramazon Temirov navbatdagi jangini o‘tkazish uchun Yaponiyaga jo‘nab ketdi. Bu haqda sportchining o‘zi Instagram sahifasida ma’lum qildi. 

Temirovning qayd etishicha, joriy yilning 24 sentyabr kuni Yaponiyaning Sayitama shahrida Rizin 44 turniri tashkil etiladi. Ahamiyatlisi, bu turnirda o‘zbekistonlik MMA jangchisi mahalliy sportchi Takaki Soyaga qarshi jang qiladi. Mazkur bahsda Ramazon Temirovga murabbiy Jasur Alijonov sekundantlik qiladi. 

Ma’lumot uchun, Ramazon Temirov professional faoliyati davomida 17 marta oktagonga ko‘tarilib, 14 marta g‘alaba qozongan. Shuningdek, u 2 bor raqiblariga imkoniyatni boy berib qo‘ygan va 1 ta jangida durang natija qayd etgan. Temirovning yaponiyalik raqibi Takaki Soya esa 18 ta jangda ishtirok etib, 12 marta qo‘li baland kelgan. U 5 ta jangida mag‘lubiyatga uchragan va 1 ta jangi durang bilan yakunlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya Ramazon Temirov Rizin Takaki Soya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing