Ramazon oyi qachondan boshlanishi aytildi. Qozog‘istonda!
Olam
−
11 noyabr 2025 64464 1 daqiqa
2026 yil Qozog‘istonda Ramazon oyi 19 fevraldan boshlanadi. Qozog‘iston Musulmonlari boshqarmasi diniy bayramlar taqvimini e’lon qildi.
Ushbu taqvimda Ramazon oyiga, shuningdek, boshqa diniy sanalarga oid muhim ma’lumotlar ko‘rsatilgan.
2026 yil uchun diniy taqvim quyidagicha:
- Ramazon – 19 fevral;
- Qadr kechasi – 16–17 mart;
- Ramazon hayiti – 20 mart;
- Qurbon hayiti – 27–29 may.
Boshqarmaning ta’kidlashicha, sanalar yangi oy ko‘rinishiga qarab o‘zgarishi mumkin. Xalqaro astronomik markazlar ma’lumotlariga asoslanib belgilangan bo‘lsa ham, yangi oy chiqishi sababli ba’zan sanalar bir kun oldinga yoki orqaga siljishi ehtimoli mavjud.
Ma’lumot uchun, Ramazon – bu ruhiy poklanish, ro‘za, ibodat va xayr-ehson oyidir. Bu davrda musulmonlar ma’naviy hayotga e’tibor qaratib, yaxshilik qilishga, o‘z amallarini anglashga intiladi. Oyning davomiyligi oy taqvimiga ko‘ra, 29–30 kunni tashkil etadi va u Ramazon hayiti bilan yakunlanadi. 2026 yilda Ramazon hayiti 20 mart sanasiga to‘g‘ri keladi.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yilda muborak Ramazon oyining boshlanishi 1 mart kuniga to‘g‘ri kelgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025