Ramatov iste’foga chiqadi. O‘FAga yangi prezident saylanadi

Sport

image

2019 yil 15 iyul sanasida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdan tashqari Konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Konferensiya kun tartibidan O‘FA prezidentini saylash masalasi ham o‘rin olgan. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Shu munosabat bilan, O‘FA ustavining 41-moddasiga muvofiq O‘FA a’zolari tomonidan O‘FA prezidenti lavozimiga nomzod kiritish bo‘yicha yozma takliflar 2019 yilning 14 iyuliga qadar Toshkent shahri Islom Karimov ko‘chasi 98-A uyda joylashgan O‘FA bosh kotibiyatiga taqdim etilishi mumkin.

O‘FA ustaviga muvofiq O‘FA prezidenti lavozimiga ilgari suriladigan nomzodlar quyidagi shartlar asosida tanlab olinadi:

•    O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
•    O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashagan bo‘lishi;
•    O‘FA a’zolarining har biri o‘zlari ilgari suradigan nomzodni belgilangan tartibda nomzod sifatida saylagan bo‘lishi va saylov o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi yig‘ilish bayonnomasini nomzod kiritish bo‘yicha yozma taklifga ilova qilishi lozim;

Yuqoridagi shartlarga mos keladigan nomzodlar xalqaro talablarga muvofiq tarzda O‘FA tomonidan o‘rganib chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, Ochilboy Ramatov 2018 yilning 25 yanvaridan buyon O‘FA prezidenti hisoblanadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

O'FA Ochilboy Ramatov

Baholaganlar

90

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing