Raqobatdan qo‘rqmayman – Donnarumma PSJdagi faoliyati haqida gapirdi

Sport

image

PSJ jamoasining yangi darvozaboni Janluiji Donnarumma Parijga o‘tishi, Keylor Navas bilan raqobat va kelajagi haqida fikr bildirdi.

“PSJ mutasaddilari men bilan bog‘lanishdi va sotib olmoqchi ekanliklarini aytishdi. Men ham Parijga o‘tishni xohladim. Raqobat meni qo‘rqitmaydi. Keylor Navas – ajoyib darvozabon, lekin men u bilan raqobat uchun keldim. U hamisha kuchli jamoalarda o‘ynagan. Keylor ajoyib inson va biz qalin do‘stlarmiz.

Raqobat mening o‘sishimga imkon beradi. Men dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri bo‘lishni xohlayman. Buning uchun nimanidir qurbon qilishim, eng muhimi qattiq mehnat va kamtarlikni saqlashim kerak”, deydi Donnarumma.

Eslatib o‘tamiz, 22 yoshli darvozabon Yevro-2020 musobaqasida Italiya terma jamoasi bilan birgalikda oltin medalni qo‘lga kiritdi va musobaqaning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.

Ma’lumot uchun, Janluiji Donnarumma faoliyati davomida 248 ta uchrashuvda maydonga tushib, darvozasidan 242 ta to‘p olib chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

Futbol PSJ Evro-2020 Janluiji Donnarumma Keylor Navas Italiya TJ

Baholaganlar

11

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing