Raqobat tugadi: Ronaldu Messi bilan o‘tgan davr haqida gapirdi

Sport

image

Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi futbolchisi Krishtianu Ronaldu “Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi bilan raqobati tugaganini aytdi. Bu haqda sportchi “Record” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi

“Raqobat tugadi! Bu davr juda ajoyib edi, muxlislarga yoqardi. Krishtianu Ronalduni sevadigan odam Messidan nafratlanishi shart emas, ikkalasi ham yaxshi o‘yinchilar, ikkalasi ham futbol tarixini o‘zgartirdi. Bizni butun dunyo hurmat qilishadi va shu asosiy narsa. U o‘z yo‘lidan ketadi, men o‘zimnikidan. Yevropadan tashqarida o‘ynashimizdan qat’iy nazar, u o‘z ishini, men esa o‘z ishimni qilaman. Ko‘rganingizdek, u yaxshi, men ham yaxshi ishlayapman, hayot davom etmoqda. Biz 15 yil davomida sahnani bo‘lishdik. Biz do‘stmiz, demayapman, lekin ish bo‘yicha hamkasbmiz va bir-birimizni hurmat qilamiz”, deydi Ronaldu.

Ma’lumot uchun, 38 yoshli Ronaldu 5 karra “Oltin to‘p” sohibi, shuningdek, “o‘zga sayyoralik” 5 karra Chempionlar ligasi, Yevropa chempioni va Millatlar ligasi g‘olibi hisoblanadi. U 2022 yilning dekabrida Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi bilan 2,5 yillik shartnoma imzoladi. Xabar qilinishicha, uning maoshi reklamadan tushgan daromadni hisobga olgan holda yiliga 200 million yevroni tashkil qiladi.

Messi esa 7 karra “Oltin to‘p” sohibi hisoblanadi. Futbolchi bu bo‘yicha rekordchi sanaladi. Argentina terma jamoasi tarkibida sportchi Jahon kubogi (2022), Amerika kubogi (2021) va Olimpiya o‘yinlarida (2008) g‘olib chiqqan. Joriy yilning iyul oyida u “Inter Mayami” futbolchisiga aylandi, shartnoma 2025 yilgacha imzolangan.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Krishtianu Ronaldu Inter Mayami Al-Nasr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing