Raqobat qo‘mitasi “Ipotekabank”ni jarimaga tortdi
Jamiyat
−
19 iyul
4404Avvalroq “Ipotekabank”ga nisbatan “Reklama to‘g‘risida”gi hamda “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning tegishli moddalari buzilish alomatlari bilan ish qo‘zg‘atilgandi. Bugun, 19 iyul kuni “Ipotekabank”ga nisbatan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qo‘llash haqida qaror qabul qilindi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, maxsus komissiya “Ipotekabank” ATIB tomonidan nomaqbul (noto‘g‘ri) reklamaga yo‘l qo‘yilgan deb topib, unga nisbatan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qo‘llash haqida qaror qabul qilingan. Shuningdek, qonunbuzilishi holatini bartaraf etish va kelgusida takrorlamaslik yuzasidan bankka ko‘rsatma berilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i tomonidan joylashtirilgan reklama bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borgan va unga nisbatan jarima qo‘llagandi.
LiveBarchasi