30 ming dollar evaziga “Ipotekabank”dan 1,3 mln yevro kredit olib bermoqchi bo‘lgan firibgar qo‘lga tushdi

Jamiyat

image

ATB “Ipotekabank”ning hududiy filiallaridan birining mansabdor shaxslariga pora berish orqali tanishiga katta miqdorda kredit olishga yordam bermoqchi bo‘lgani va buning uchun 30 AQSH dollari talab qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xabar bermoqda. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan “L.M.S” MCHJ rahbari S.A.ning murojaatiga asosan tadbirkorlik sub’ektlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “F.R” MCHJ rahbari D.I. fuqaro S.A.ning ishonchiga kirib, unga ATB “Ipotekabank”ning hududiy filiallaridan birining mansabdor shaxslarini moddiy manfaatdor qilish orqali 1,3 mln yevro miqdoridagi kredit mablag‘lari ajratilishida amaliy yordam berishni va’da qilgan. U ushbu xizmati evaziga S.A.dan 30 ming AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan talab qilib olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan D.I. va boshqalarga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Ipotekabank

Baholaganlar

81

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing