“Ipotekabank”ga nisbatan ish qo‘zg‘atildi
3-sahifa
−
10 iyul
17147“Ipotekabank” ATIBga nisbatan “Reklama to‘g‘risida”gi hamda “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning tegishli moddalari buzilish alomatlari bilan ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.
Bankning internetdagi rasmiy sahifasida joylashtirilgan ma’lumotlar asosida aniqlik kiritilishicha, “Super” nomli omonat turi shartlariga muvofiq, mijozlardan kassa orqali depozitga qabul qilingan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha dastlabki 3 oy uchun 26 foizdan va keyingi uch oy uchun 14 foizdan hisoblangan. Xuddi shuningdek, onlayn qabul qilingan depozit pul mablag‘lari bo‘yicha esa mos ravishda 26,09 va 14 foizdan hisoblanishi ma’lum bo‘lgan.
Bunda, “Super” nomli omonat turi bo‘yicha faqatgina dastlabki 3 oy uchun 26 foizdan pul mablag‘lari berilsa-da, ijtimoiy tarmoqdagi reklama axborotida omonatning muhim shartlari ochib berilmagan.
Yuqoridagilar inobatga olinib, “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 16-moddasi (Reklamaga doir asosiy talablar), 43-moddasi (Moliyaviy xizmatlar reklamasi) va “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 6-moddasi talablari buzilishi yuzasidan bankka nisbatan ish qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Agrobank” ATBning Toshkent viloyati boshqarmasiga nisbatan “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning buzilishi alomatlari bo‘yicha tegishli tartibda ish qo‘zg‘atilib, belgilangan tartibda chora qo‘llangani xabar qilingandi.
LiveBarchasi