Raqibim meni hayron qoldirdi – Isroil Madrimov
Sport
−
10 aprel 2023
17204Avval xabar berganimizdek, AQSHning San-Antonio shahrida o‘tkazilgan professional boks oqshomida ikki nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tarilib turli xil natija qayd etdi. Jumladan, Isroil Madrimov mezbon sportchi Rafael Igbokveni to‘liq jangda mag‘lub etgan bo‘lsa, WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliyev hakamlar qaroriga ko‘ra, filippinlik Marlon Tapalesga imkoniyatni boy berdi.
Bahslar yakunlangach, Isroil Madrimov QALAMPIR.UZ'ga Igbokvega qarshi jang bo‘yicha fikrlarini bildirdi.
“Raqibimga to‘xtaladigan bo‘lsak, u ancha chidamli yigit ekan. Uni bu darajada irodali deb o‘ylamagandim, chunki u oxirgi jangida nokaut bo‘lgandi, biroq menga qarshi jangda oxirigacha kurashdi. To‘g‘risini aytsam Igbokve meni hayron qoldirdi”, deydi Madrimov.
Shunday qilib Madrimov professional boksdagi 10-g‘alabasini qo‘lga kiritdi. O‘zbekistonlik bokschi oxirgi jangini o‘tgan yilning iyul oyida o‘tkazgandi. Igbokvega qarshi jang uning profboksdagi faoliyatida uzoq tanaffus bo‘lmasligini oldini olish uchun tashkil etildi.
LiveBarchasi
O‘zbekiston sun’iy yo‘ldosh yasayapti.
17 yanvar