Raisiyning bevasi G‘arb OAVlarini mamlakatni obro‘sizlantirishda aybladi
Olam
−
23 avgust
5261Eronning marhum prezidenti Ibrohim Raisiyning bevasi Jamila Alamolxoda G‘arb ommaviy axborot vositalari tomonidan tasvirlangan Eron qiyofasidan noroziligini bildirdi. Bu haqda u “Russia Today” telekanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi.
Bu turmush o‘rtog‘ining fojiali halok bo‘lganidan keyin Alamolxodaning OAVga qilgan birinchi murojaati va ilk eksklyuziv intervyusi bo‘ldi. U G‘arb ommaviy axborot vositalari tomonidan tasvirlangan Eron qiyofasidan noroziligini bildirdi va ular mamlakatning dahshatli, qo‘rqinchli qiyofasini yaratishini da’vo qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu eronliklarni hokimiyatga qarshi qo‘yish uchun qilinmoqda.
“Amerikaliklar hammani o‘z qoidalariga ko‘ra standartlashtirishni va ularni ushbu doiralarga joylashtirishni xohlashadi. Ular buni qabul qilmaganlarni, jumladan biz eronliklarni ham quvg‘un qiladilar”, degan Alamolxoda.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 19 may kuni Ozarbayjondan Eronga vertolyotda qaytayotgan Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy, Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon, Sharqiy Ozarbayjon viloyati gubernatori Malik Rahmati va Tabriz imomi Muhammad Ali Ale Hoshem va ekipaj a’zolari vafot etdi.
Gap shundaki, Raisiy shu kuni ertalab Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan birga ikki davlat tomonidan Araks daryosida qurilgan uchinchi to‘g‘onning ochilish marosimida qatnashgan. Marosimda qatnashib, ortga qaytayotganda Ibrohim Raisiy bo‘lgan vertolyot “qiyin qo‘nishni” amalga oshirishi oqibatida halokatga uchragan.
Raisiyning o‘limidan so‘ng Erondagi prezidentlik saylovlarida islohotchi sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Mas’ud Pezeshkiyon g‘alaba qozondi. Islom inqilobi yetakchisi Oyatulloh Ali Xomanaiy 28 iyul kuni Pezeshkiyonga prezidentlikning rasmiy mandatini topshirdi.
LiveBarchasi