Raisiy Erondagi namoyishlarda AQSHni aybladi

Olam

image

Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy kecha, 17 oktyabr kuni Ummon sultoni Haysam bin Tarek Al Said bilan telefon orqali suhbatda Qo‘shma Shtatlar Islom Respublikasidagi keskinlashuv va tartibsizliklarni qo‘llab-quvvatlab kelayotganini da’vo qildi. Bu haqda Eronning Tasnim axborot agentligi xabar berdi. 

“Amerika o‘z sanksiyalari Eron xalqini to‘xtatib qo‘yadi deb yanglishib ishondi, lekin Eron xalqi sanksiyalar qarshisida to‘xtab qolmay, o‘sishda va taraqqiyotda davom etayotganini ko‘rib, Eron Islom Respublikasiga qarshi isyon ko‘tardi”, deydi Raisiy.  

Prezident Eron xalqi AQSHning dushmanona harakatlari qarshisida behuda turmasligi va’da qildi. 

U Ummon Sultonligi bilan ikki tomonlama munosabatlarga to‘xtalar ekan, ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy maydonda ishonch va hamkorlikning eng yuqori darajasini qayd etdi. 

Joriy yilning 15 oktyabr kuni Amerika yetakchisi Jo Bayden Tehrondagi Evin qamoqxonasida yuz bergan yong‘inni izohlar ekan, Eron rahbariyatini “repressiv” deb atadi. U, shuningdek, Eron hukumatidan o‘z fuqarolariga nisbatan zo‘ravonlikni to‘xtatishni talab qildi. Shu bilan birga, Bayden norozilik uchun ko‘chaga chiqqan odamlarni chuqur hurmat qilishini urg‘uladi. 

15 oktyabr kuni Eron poytaxtidagi Evin qamoqxonasi hududida mahkumlar o‘rtasidagi to‘qnashuv vaqtida yong‘in chiqdi. To‘rt kishi halok bo‘ldi, 60 dan ortiq kishi jarohat oldi. Mahalliy hukumatning xabar berishicha, tartibsizliklar haqida gap bo‘lmagan, jazoni o‘tash muassasasining boshqa binosida saqlanayotgan siyosiy mahkumlardan hech biri jabrlanmagan. Ular, shuningdek, hodisaning mamlakatdagi so‘nggi tartibsizliklarga aloqasi yo‘qligini ta’kidlamoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Eron Ibrohim Raisiy

Baholaganlar

65

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing