Raisiy bilan vidolashuv marosimida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etdi (video)

Jamiyat

image

Bugun, 22 may kuni Tehron konferensiya markazida vertolyot halokatida vafot etgan Eron prezidenti Ibrohim Raisiy va tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon xotirasiga vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir mahalliy televideniyeda translyatsiya qilindi.

Marosimda Eron muvaqqat prezidenti Muhammad Muxbir va tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ali Bageri Kani ishtirok etdi. O‘zbekiston tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov va Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov hamda ularga hamrohlik qilgan delegatsiya vidolashuv marosimida qatnashdi.

Marosimda 10 ta davlatning Prezident va Bosh vazirlari, 20 ta davlatning vazirlari ishtirok etdi. Yana 20 ga yaqin davlat parlament spikeri yoki maxsus vakillar darajasida rasmiylar marosimda qatnashdi.

Bular Ozarbayjon Bosh vaziri Ali Asadov va Tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov, Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy, Turkman xalqi milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov, Tunis Prezidenti Kays Said va Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, Iroq Bosh vaziri Muhammad Sudaniy, Pokiston Prezidenti Asaf Ali Zardoriy va Bosh vazir Shahboz Sharif, Turkiya Tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan va vitse-prezidenti Javdat Yilmaz, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, Hindiston Prezidenti maslahatchisi Yagdip Jankar, Rossiya Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin, Jazoir parlamenti spikeri Ibrohim Bugali, "Tolibon" muvaqqat hukumati bosh vaziri o‘rinbosari Abdulg‘ani Baradar va tashqi ishlar vaziri Amirxon Muttagi, Shri-Lanka Tashqi ishlar vaziri Ali Sabri, Qozog‘iston Parlament Assambleyasi spikeri Yerlan Koshanov va Livan parlamenti spikeri Nabih Barilardir.

Eron Prezident ma’muriyati dafn marosimida ishtirok etgan davlat va tashkilotlar rahbarlari hamda rasmiylariga minnatdorlik maktubini yo‘lladi.

Ma’lumot uchun, prezident Raisiyning tobuti Eronning muqaddas shia musulmonlari shahri Mashhadga yetkaziladi, Abdullohiyonning jasadi esa Tehronda qoladi. Dafn marosimi 23 may kuni rasmiylar ishtirokidagi xayrlashuv marosimidan so‘ng bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 22 may kuni vertolyot halokatida halok bo‘lgan Eron prezidenti Ibrohim Raisiy, tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abullohiyon va prezident delegatsiyasining boshqa a’zolari uchun Tehronda janoza namozi o‘qilgandi. Marosimga Eronning diniy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy boshchilik qildi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Eron Ibrohim Raisiy Husayn Amir Abdullohiyon vidolashuv marosimi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing