Rafinya “Real” a’zosini maqtadi
Sport
−
06 may 5470 1 daqiqa
“Barselona” va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Rafinya “Real” vingeri Rodrigo haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashib, hamyurtini maqtab o‘tdi.
“Men uchun Rodrigo ajoyib o‘yinchi, tengi yo‘q fenomen. Men ko‘rgan eng zo‘rlaridan biri. Uni kerakli darajada qadrlashmaydi va menimcha, bu adolatsizlik”, deydi Rafinya.

Joriy mavsumda Rodrigo barcha turnirlarda 50 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. “Transfermarkt” portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 100 million yevroni tashkil qiladi.
Live
Barchasi