Rafinya faoliyatini qaysi jamoada yakunlashini aytdi

Sport

image

“Barselona”ning braziliyalik hujumchisi Rafinya Kataloniya klubini tark etish niyatida emasligini va faoliyatini shu jamoa safida yakunlashga umid qilayotganini aytdi. Bu haqda braziliyalik futbolchi “RAC 1” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Men jamoani faqat bosh murabbiy menga ishonmasligini aytsagina tark etaman. Umid qilamanki, boshqa jamoaga o‘tmasdan, faoliyatimni shu yerda yakunlayman”, deydi Rafinya.

Shuningdek, futbolchi 2024 yilda Saudiya Arabistoni klublaridan taklif olgani va ularni qabul qilishga juda yaqin kelganini tan olgan.

“Bu oilamdagi ko‘plab insonlarning hayotini o‘zgartirishi mumkin edi. Taklif qilingan summa juda katta edi”, deydi braziliyalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, Rafinya “Barselona” bilan uch marta Ispaniya chempionligi, bir marta Ispaniya Kubogi va uch marta Ispaniya Superkubogi g‘olibi bo‘lgan. U Kataloniya klubi safida barcha musobaqalarda 184 ta uchrashuv o‘tkazib, 86 ta gol urgan va 62 ta golli uzatmani amalga oshirgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing