Rafahga hujum kechiktirilishi mumkin – Netanyaxu 

Olam

image

Isroil va HAMAS o‘rtasida mahbuslar almashinuvi bo‘yicha kelishuvga erishilsa, Isroilning G‘azo sektori janubidagi Rafah shahriga hujumi "keyinga surilishi" mumkin. Bu haqda yahudiy davlati Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Amerikaning CBC News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.  

Netanyaxu HAMASning 24 batalonidan 18 tasi yo‘q qilinganini da’vo qildi va Rafah shahriga hujum boshlanganda "hujumning intensiv bosqichi oylar emas, haftalar ichida yakunlanishini" aytdi.

Netanyaxuning so‘zlariga ko‘ra, u armiyadan Rafahga hujum qilish va tinch aholini evakuatsiya qilish bo‘yicha ikki tomonlama reja taqdim etishni so‘ragan.

“Agar asir almashish bo‘yicha kelishuvga erishsak, Rafahga hujum biroz kechiktiriladi. Ammo hujum baribir sodir bo‘ladi", deydi Bosh vazir.

Ma’lumot uchun, G‘azo sektori janubida Misr bilan chegarada joylashgan Rafah shahrida Isroil hujumlaridan oldin 280 mingga yaqin falastinlik istiqomat qilgan. Isroilning 2023 yil 7 oktyabr kuni uyushtirgan hujumlari oqibatida 2,3 million aholisi bo‘lgan G‘azo sektorida 1,9 million kishi o‘z uyini tark etdi. Ko‘chirilgan falastinliklarning aksariyati Isroil avvalroq “xavfsiz” deb e’lon qilgan Rafahdan boshpana topgan. Rafah aholisi shimoldan kelganlar bilan to‘rt baravar ko‘payib, 1,4 millionga yetdi.

Yetarli uy-joy yo‘qligi sababli Rafahdan boshpana topgan falastinliklarning aksariyati vaqtinchalik chodirlardan iborat lagerlarda omon qolishga harakat qilmoqda.

Isroil kuchlari tez-tez Rafah shahriga havo hujumlarini amalga oshiradi. Isroil shaharga quruqlikdan hujum qilsa, tinch aholi boshpana topa olmaydi, degan xavotir bor.

Eslatib o‘tamiz, 12 fevralga o‘tar kechasi Isroil Qurolli kuchlari Rafahga yirik zarbalar bergandi. Portlashlar oqibatida 100 kishi halok bo‘lgan, 230 dan ortiq kishi jarohatlangandi. AQSH Prezidenti Jo Bayden esa Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan telefon suhbatida tinch aholini himoya qilish bo‘yicha aniq rejalarsiz Rafah shahrida harbiy operatsiya o‘tkazmaslikni tavsiya qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo HAMAS Bin'yamin Netan'yaxu Rafah

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing