Rafah chegara punkti sulh tufayli yopildi

Olam

image

Isroil va HAMAS o‘rtasida sulh tufayli Misr bilan chegaradagi Rafah nazorat-o‘tkazish punkti orqali chiqish G‘azo sektoridagi barcha chet el fuqarolari uchun yopildi. Punkt gumanitar pauza tugaganidan so‘ng qayta ochiladi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi. 

“G‘azo sektoridan Rossiyaga evakuatsiya qilinish uchun ro‘yxatdan o‘tganlarning aksariyati hozirda hududdan olib chiqib ketilgan. Shu bilan birga, elektr ta’minoti va aloqaning uzib qo‘yilganligi sababli texnik jihatdan o‘zlarini e’lon qila olmagan yana o‘nlab fuqarolar bilan aloqa o‘rnatildi. Diplomatlarimiz va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari ularni evakuatsiya qilish ustida ishlamoqda”, deydi Zaxarova.

Rasmiy vakilning qo‘shimcha qilishicha, Isroil va HAMAS o‘rtasida 4 kunlik sulh tufayli Rafah nazorat-o‘tkazish punkti orqali G‘azo sektoridan chet el fuqarolarini olib chiqib ketish vaqtincha yopilgan. 

“Hamma kerakli yordamni oladi, hech kim yordamsiz qolmaydi. Evakuatsiya ishlari davom etmoqda. Punkt gumanitar pauza tugaganidan so‘ng qayta ochiladi”, degan TIV rasmiy vakili.

Eslatib o‘tamiz, 22 noyabrga o‘tar kechasi bir necha soatlik muhokamalardan so‘ng, Isroil va HAMAS o‘rtasida 4 kunlik sulhga kelishilgandi. Unga ko‘ra, 50 nafar garovdagi shaxs evaziga Isroil qamoqxonalaridagi 150 nafar falastinlik ozodlikka chiqarilishi, 4 kun davomida har ikki tomon ham o‘t ochishni to‘xtatishi belgilangandi. Kecha, 24 noyabr kuni kelishuv kuchga kirgani xabar qilindi. Sulh doirasida HAMAS 13 nafar isroillikni, jumladan to‘rt bolani ozod qildi. Buning evaziga Isroil 39 nafar falastinlikni (24 ayol va 15 o‘smir) qamoqdan ozod qildi. Bundan tashqari, HAMAS kelishuv shartlariga kiritilmagan bo‘lsada 12 nafar Tailand fuqarosini qo‘yib yubordi.


Maqola muallifi

Teglar

evakuatsiya Isroil Mariya Zaxarova sulh G'azo HAMAS Rafah

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing