Radiatsiyaviy xavf to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash va harakat qilish hamda radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish yagona davlat tizimi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, yagona davlat tizimi – aholini va atrof-muhitni radiatsiyaviy avariyalardan muhofaza qilish vakolatiga ega bo‘lgan davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarning kuchlari va vositalarini birlashtirgan tashkiliy-texnik tizimdir.

Tizimning asosiy vazifalari radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasida yagona davlat siyosati ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini ta’minlash, radiatsiyaviy avariyalarga olib keladigan tahdidlarni prognoz qilish, oldini olish kabilardan iborat.

Nizomga ko‘ra, tizim respublika, mahalliy va ob’ekt darajasiga ega bo‘lib, rahbarlik qiluvchi organlar:
•    respublika darajasida – Vazirlar Mahkamasi;
•    mahalliy darajada – mahalliy davlat hokimiyati organlari;
•    ob’ekt darajasida – atom energiyasidan foydalanish ob’ekti yoki radiatsiyaviy xavfli ob’ekt rahbariyatidir.

Nizom bilan davlat organlarining yagona davlat tizimi faoliyatini ta’minlash borasidagi funksiyalari belgilab berildi.

Xususan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi radiatsiyaviy xavf tug‘ilganligi haqida vakolatli organlarni xabardor qiladi, ushbu holatlarga birinchi bo‘lib munosabat bildirish tashabbusi bilan chiqadi.


Maqola muallifi

Teglar

AES radiatsiya

Baholaganlar

18

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing